Кафедра тарихи

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi tarixi O’rta Osiyo universiteti meditsina fakultetining 1931-yilda O’rta Osiyo meditsina institutiga aylantirilishi davri bilan chambarchas bog’liqdir.

“Pedagogika va Psixologiya” kafedrasi dastlabki yillarda alohida kafedra sifatida faoliyat ko’rsarmagan bo’lsa-da, kafedra professor o’qituvchilari rus tili, chet tili, pedagogika va psixologiya fanlarining zamonaviy muammolaridan talabalarga saboq berib kelingan.

1970-yilga kelib, Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti tarkibida “Rus tili” kafedrasi tashkil etildi. Mazkur kafedrada tibbiyot yo’nalishida taxsil olayotgan talabalarga rus tili, nutq madaniyati, xorijiy tillar, pedagogika va psixologiya fanlari bo’yicha ta’lim-tarbiya berila boshlandi.

Kafedraga 1969-1974 yillarda filologiya fanlari nomzodi, dotsent M.B.Fenkelshteynraxbarlik qilgan. Ushbu davrda kafedrada talabalarning rus tili bo’yicha yozma va og’zaki nutqini rivojlantirish borasida ta’lim jaroyoniga ko’plap yangiliklar kiritishga harakat qilindi.

1970-2009 yillarda kafedra mudiri vazifasini pedagogika fanlari nomzodi, dotsent A.K.Maniuilina bajargan. Bu davrdan boshlab nofilogogiik yo’nalishda ta’lim olayotgan talabalrga rus tili va pedagogika-psxologik fanlarni o’qitishni tashkil etish, rejlashtirish, boshqarish va baxolashning konseptual asoslari ishlab chiqildi. Terapiya va Xirurgiya (1978-1983yil) kasalliklari tarixini o’rganish asosida talablar uchun quyida o’quv-uslubiy: “Kurs asoslari”, “Monologik nutq turlari, asoslari izohlanishi va mulohazalar”, “Klinik amaliyotda til tayyorgarligi”, “Ish yuritish qaydnomalariga o’rgatish” kabi tavsiyalar ishlab chiqildi.

1997-yilda rus tili kafedrasi pedagogika va psixologiya kafedrasi  bilan birlashtirildi. Shu munosabat bilan tibbiyot oliy ta’lim tizimi uchun pedagogika va psixologiya yo’nalishi fanlaridan namunaviy dasturlar, joriy, oraliq va yakuniy nazorat uchun testlar hamda ma’ruza matnlari ishlab chiqildi va nashr ettirildi.

Kafedrani 2009-2012 yillarda pedagogika fanlari nomzodi, dotsent N.X.Yunusova boshqardi. Bu davrda ingliz, rus, lotin tillari, pedagogika va psixologiya fanlarini o’qitishda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiylaridan foydalnishni keng yo’lga qo’yish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, kasbiy ta’lim yo’nalishi bo’yicha ta’lim standartlarini yaratish borasida samarali ishlar olib borildi.

2012-yil sentabr oyidan boshlab, kafedraga psixologiya fanlari doktori, professor B.M.Umarov raxbarlik qilib kelmoqda. Bu davrda kafedrada o’qitiliyotgan fanlarni o’qitishda ilg’or pedagogik va axborot texnologiylaridan foydalanishga jiddiy e’tibor qaratishga kirishildi. Buning natijasi o’laroq, kasbiy pedagogika, kasbiy psixologiya, ta’lim texnologiyalari va pedagogik mahorat, kasbiy ta’kim metodikasi kabi fanlardan o’quv uslubiy majmualar, yagona metodik tizim, ko’rgazmali materiallar hamda ularning elektron nusxalari yaratildi va darslardan ulardan keng foydalanish yo’lga qo’yildi.

Bugungi kunda kafedrada 10 nafar professor-o’qituvchilar faoliyat ko’rsatishmoqda. Shulardan 1 nafari fan doktori, professor, 2 nafari fan nomzodi, dotsent, 4 nafari katta o’qituvchi va 3 nafari assissent o’qituvchilardir.

Pedagogika va psixologiya kafedrasi ilmiy-uslubiy yo’nalishlar bo’yicha quyidagi ta’lim muassalari bilan yaqin aloqa o’rgatgan:

  • Rossiya Federatsiyasi, Samara Tibbiyot Institut;
  • Qozog’iston Respublikasi Chimkent Davlat Pedagogika Universiteti;
  • TTa Urganch filiali ( hamkorlikda rus tili bo’yicha o’quv qo’llanma nashr qilingan);
  • Nizomiy nomidagi Toshkent davlat Pedagogika Universiteti;
  • O’zbekiston Davlat jaxon tillari Universiteti;
  • O’zbekiston Milliy Universiteti;
  • Samarqand Davlat Universiteti;
  • Qarshi Davlat Universiteti;
  • Pediatriya Instituti tillar, pedagogika va psixologiya kafedrasi
  • Samarqand, Andijon, Buxoro tibbiyot institutlari tillar, pedagogika psixologiya kafedralari