Pedagogika, psixologiya va tillar kafedrasida o‘tkazilgan TIJ-2023 anjumanining 12-SEKSIYA: “IJTIMOIY – GUMANITAR FANLAR ” 2 – bosqichi o’tkazildi

Pedagogika, psixologiya va tillar kafedrasida 17.02.2023 yil o‘tkazilgan TIJ-2023  anjumanining 12-SEKSIYA: “IJTIMOIY – GUMANITAR FANLAR ” 2 – bosqichi bo‘yicha talabalarning ilmiy izlanishlarining natijalari taqdimot ko‘rinishida tinglandi. Maʼruzaga talabalar juda puxta tayyorlanib kelishgan. Taqdimotlar rus va o‘zbek tilida olib borildi va qizg‘in savol-javoblar bilan o‘tkazildi. TIJ kafedralaraor 2 bosqichi talablariga muvofiq ishtirokchilarning portfoliosi ham baholandi, ro‘yxat bo‘yicha 9 ta maʼruzachi ishtirok etdi. Maʼruzalarda mavzularga oid slaydlar,  jadvallar, diagrammalar namoyish etildi. Xayʼat aʼzolari ma’ruzalarni munosib baholashdi va ishtirokchilar 1-2-3-o’rinlarni hamda nominatsiyalarni egallashdi.

     

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.