“Odam savdosi – millatga hiyonatdir”

Toshkent tibbiyot akademiyasi Tibbiy pedagogika fakulteti Pedagogika va psixologiya kafedrasida 2021 yil 3 dekabr kuni  Pedagogika va psixologiya kafedrasi mudiri, dotsent R.N.Melibayeva, Tibbiy pedagogika fakultetining Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini S.Sh.Rustamova, katta o‘qituvchi N.A.Askarova, v\b dotsent Yu.K.Narmetova, katta o‘qituvchi M.O.Komilovalar “Odam savdosi – millatga hiyonatdir” mavzusida tadbir tashkil qilindi. Tadbirda Tibbiy pedagogika fakultetining tyuterlari Shuxratova G.J,  Abdiyev R.O va Davolash fakutetining 208 – 209 guruh talabalari qatnashdilar.

Tadbirda Odam savdosi va majburiy mehnat bugungi kunning eng global masalalaridan biri ekanligi va yning ayanchli oqibatlari, shaxslarni, xususan o‘ta zaif hisoblanadigan shaxslarni zo‘raki yoki majburiy mehnat qurbonlariga aylanishlariga yo‘l qo‘ymaslik uchun o‘qitish va xabardor qilish,  odam –savdosiga qari kurash va majburiy mexnatga qarshi kurashish bo‘yicha mamlakatimizda qabul qilingan bir qancha Prezident farmon va qarorlari haqida batafsil  malumotlar berildi.  Tadbir jarayonida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Tadbir qizg‘in, munozarali savol – javoblar bilan o‘tdi. Tadbir so‘ngida mavzuga oid videofilm ko‘rsatildi .

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.