XALQARO O‘QUV-USLUBIY KONFERENSIYA QIZG‘IN MUHITDA BO‘LIB O‘TDI

2025-yil 5-noyabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi tomonidan “Tibbiy ta’limda interaktiv o‘qitish va raqamli texnologiyalar integratsiyasi: muammolar va yechimlar” mavzusida xalqaro o‘quv-uslubiy konferensiya yuqori saviyada va qizg‘in ilmiy muhitda o‘tkazildi.

Anjumanda O‘zbekiston bilan bir qatorda xorijiy mamlakatlardan ham taniqli olimlar faol ishtirok etdilar:

  • Vera Chudakova (Ukraina) – raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt asosidagi interfaol ta’lim tajribasi;

  • Aygul Tokzhanova (Qozog‘iston) – raqamli pedagogikadagi yangi tendensiyalar;

  • Akchach Joldosheva (Qirg‘iziston) – raqamli ta’limning psixologik-pedagogik jihatlari;

  • Aysel Sheydaeva (Ozarbayjon) – lingvodidaktik interfaol texnologiyalar;

  • Mashhuroxon Azimova (Tojikiston) – oliy ta’lim o‘qituvchilarining raqamli kompetentligini rivojlantirish.

Shuningdek, TDTU o‘qituvchilari Yu.J. Mansurova, Sh.M. Nasriddinova, Z.A. Dekambaeva va G. Kamalova zamonaviy raqamli texnologiyalar, g‘oyalar va tajribalar almashinuvi yuzasidan o‘z ilmiy ma’ruzalari bilan chiqish qildilar.

Konferensiya interfaol ruhda, samimiy va ijodiy muhitda o‘tkazilib, tibbiy ta’limda raqamli texnologiyalarni samarali joriy etish yo‘nalishida yangi g‘oyalar va amaliy takliflar ilgari surildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan