Pedagogika va psixologiya kafedrasi tomonidan 21-oktabr O’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan tadbir tashkil etildi.
Til – millatning ruhi, o‘zligimizning eng chuqur ildizi. U bizni bir-birimizga bog‘laydi, tariximiz bilan kelajagimizni tutashtiradi. Agar tilimizga e’tibor bersak, uni asrasak, boyitsak va zamonga mos rivojlantirsak, biz o‘z milliy qiyofamizni ham asraymiz.
Tadbirda Surdotarjimonlik yo’nalishi 1-2 kurs talabalari va xalqaro fakultet talabalari faol ishtrok etishdi.Tadbir davomida talabalar tomonidan ona tilimizning qadri,qiymati va uni e’zozlash haqida so’z bordi.




