8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi

         8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan kafedramizda bayramona tadbir tashkil etildi. Mazkur tadbir ayollarga bo‘lgan hurmat va ehtiromni ifoda etish, ularning jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyatini yana bir bor e’tirof etish maqsadida o‘tkazildi. Tadbirda kafedra professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar hamda mehmonlar ishtirok etdi. Bayram tadbiri samimiy va ko‘tarinki ruhda boshlandi va tadbirni kafedramiz mudiri ustoz Ro’zaxon Nasirovna Melibayeva ochib berdi. Tadbir davomida ayollar sha’ni, go‘zalligi va mehr-muhabbatini madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar yangrab, yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat ulashdi. Ijodiy chiqishlar, musiqiy dasturlar va sahna ko‘rinishlari tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.

       Talaba-yoshlar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi. Ular ijro etgan qo‘shiqlar, she’rlar va sahna ko‘rinishlari orqali ayollarning jamiyatdagi o‘rni, ularning mehribonligi, sabr-toqati hamda hayotimizdagi muhim roli badiiy tarzda ifoda etildi. Ayniqsa, talaba-yoshlar ishtirokida sahnalashtirilgan Jaydari kelin” nomli spektakl tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Mazkur sahna ko‘rinishi o‘zining mazmuni, kulgili lavhalari hamda tarbiyaviy ahamiyati bilan yig‘ilganlarda iliq taassurot qoldirdi va ko‘plab olqishlarga sazovor bo‘ldi.

       Tadbir davomida ustozlar hamda talaba-qizlarga samimiy tilaklar bildirildi. So‘zga chiqqanlar ayollarning ilm-fan, ta’lim-tarbiya, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash hamda jamiyat rivojiga qo‘shayotgan ulkan hissasini alohida ta’kidlab o‘tdilar. Shuningdek, xotin-qizlarning fidokorona mehnati, sabr-toqati va ezgu fazilatlari yuksak e’tirof etildi.

      Bayramona ruhda o‘tgan mazkur tadbir barcha ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Ushbu tadbir ayollarga bo‘lgan cheksiz hurmat va ehtiromning yana bir ifodasi sifatida ishtirokchilar xotirasida yorqin taassurotlar bilan yodda qoldi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan