Kafedramizdagi navbatdagi yig’ilish haqida qisqacha malumotlar

2026-yil 6-mart kuni kafedrada navbatdagi ilmiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda kafedra professor-o‘qituvchilari hamda ilmiy tadqiqotchilar ishtirok etib, doktorant va mustaqil izlanuvchilarning dissertatsiya mavzularini muhokama qilish hamda tasdiqlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish davomida tadqiqotchilarning ilmiy ishlari mazmuni, dolzarbligi, ilmiy yangiligi hamda amaliy ahamiyati atroflicha tahlil qilindi. Xususan, tadqiqot yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-metodologik yondashuvlar, tadqiqotning nazariy asoslari va kutilayotgan natijalari yuzasidan fikr almashildi. Yig‘ilish kun tartibiga muvofiq, Dursunov Sardor Axmadovich o‘zining dissertatsiyasini kafedra muhokamasiga taqdim etdi. Tadqiqotchining ilmiy ishi 190004 – Tibbiyot psixologiyasi ixtisosligi doirasida olib borilmoqda. Maskur dissertatsiya mazmuni kafedra a’zolari tomonidan yetarlicha muhokama qilinib, ilmiy jihatdan dolzarbligi hamda amaliy ahamiyati e’tirof etildi va kafedra himoyasidan muvaffaqiyatli o‘tdi.

Ushbu  dissertatsiya ishida juda muxim bo’lgan malumotlar va hozirgi kunda juda dolzarb muommolar taxlil qilingan yani urolagik kasalikga uchragan va jinsiy zayifligi mavjud bo’lgan va oilalarda jinsiy hayotning er-xotin munosabatlari muommolari va bu vaziyatlarning psixologik jigatlarini chuqur o’rganib chiqilgan . Shuningdek, yig‘ilish jarayonida boshqa tadqiqotchilar ham o‘zlarining dissertatsiya mavzularini taqdim etib, ularni ilmiy kengash talablari asosida muhokamadan o‘tkazdilar. Kafedra a’zolari tomonidan berilgan tavsiyalar va ilmiy mulohazalar asosida dissertatsiya mavzulari tasdiqlandi.

Mazkur ilmiy yig‘ilish yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash, ilmiy izlanishlarning sifatini oshirish hamda tibbiyot psixologiyasi sohasida olib borilayotgan tadqiqotlarni yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan