Sun’iy intellekt davrida baholash va ta’lim sifatini oshirish: xalqaro mahorat darsi

Bugungi kunda professor-o‘qituvchilar uchun sun’iy intellektdan samarali foydalanish — nafaqat zamon talabi, balki ta’lim sifatini oshirish, ish jarayonlarini yengillashtirish va vaqtni tejashning muhim omiliga aylanmoqda. Baholash, tekshirish, fikr-mulohaza berish, darslarni rejalashtirish kabi ko‘plab jarayonlar AI yordamida yanada tez, qulay va samarali tashkil etilishi mumkin. Eng muhimi — undan to‘g‘ri va maqsadli foydalanishni bilishdir.

Shu maqsadda Toshkent davlat tibbiyot universiteti Xalqaro fakulteti hamda “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi boshchiligida “Process and Product: Assessment in the Age of AI” mavzusida xalqaro mahorat darsi tashkil etildi.

Mahorat darsida Buyuk Britaniyadan taklif etilgan xalqaro ekspert — Marie Harbon-Gruchelska spiker sifatida ishtirok etib, ta’limda sun’iy intellektdan foydalanishning zamonaviy yondashuvlari, imkoniyatlari va amaliyotdagi samarali modellari bilan o‘rtoqlashdi.

Tadbir davomida quyidagi dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi:

  • AI yordamida baholash va samarali feedback berish usullari;

  • o‘qitish va bilimni tekshirish jarayonlarini optimallashtirish;

  • vaqtni tejagan holda ta’lim sifatini saqlab qolish;

  • zamonaviy universitetlarda sun’iy intellektni joriy etish tajribalari.

Ushbu mahorat darsi ishtirokchilarga sun’iy intellektdan pedagogik faoliyatda oqilona foydalanish, ta’lim jarayonlarini raqamlashtirish va innovatsion yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha muhim amaliy bilimlar berdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan