Toshkent davlat tibbiyot universitetida Pedagogika va psixologiya kafedrasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligiga bag‘ishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida asosiy huquqiy poydevor bo‘lib xizmat qilayotgan yangilangan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, unda xalq manfaatlari, inson qadr-qimmati, erkinlik, tenglik va adolat tamoyillarining ustuvorligi keng yoritildi.
Tadbir davomida Konstitutsiyaning demokratik davlat va fuqarolik jamiyatidagi o‘rni, fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʼminlashdagi yangi yondashuvlar, shuningdek, huquqiy madaniyat va konstitutsion savodxonlikni oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
▶️ Tadbir ishtirokchilari
- T.A. Bobomuratov — TDТU Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori
- R.N. Meliboyeva — Pedagogika va psixologiya kafedrasi mudiri, professor
- I. Ismailov — Jamoat xavfsizligi universiteti professori, yuridik fanlar doktori
- “Impuls” harbiy ansambli ijodkorlari, talaba-yoshlar va mehmonlar
▶️ Maʼruza yo‘nalishlari
- Konstitutsiyada inson huquqlarining zamonaviy kafolatlari
- Ekologik huquqlarning konstitutsion asoslari
- Yangilanayotgan huquqiy islohotlarning ahamiyati va fuqarolik jamiyati rivojiga ta’siri
▶️ Tadbir dasturidan o‘rin olgan chiqishlar
- milliy raqslar va badiiy chiqishlar
- Vatanga muhabbat va sadoqat ruhidagi sheʼrlar
- “Konstitutsion savodxonlik — baxtli hayot garovi” mavzusidagi qiziqarli viktorina
- musiqiy kompozitsiyalar va ijodiy chiqishlar
Tadbir Pedagogika va psixologiya kafedrasi tomonidan puxta tayyorlandi va o‘zining maʼrifiy mazmuni, vatanparvarlik ruhiyati hamda yuksak tarbiyaviy ahamiyati bilan ishtirokchilarda chuqur taassurot qoldirdi. Yangilanayotgan Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyatini keng yoritish, yoshlar ongida huquqiy madaniyatni rivojlantirish va ularda fuqarolik masʼuliyatini mustahkamlashga xizmat qilgan ushbu tadbir barchaning eʼtirofiga sazovor bo‘ldi.







