Toshkent tibbiyot akademiyasi “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi tomonidan 2025-yil 18-fevral kuni soat 10:00 da “Professor E.G‘.G‘oziyev izdoshlari” I-Respublika talabalar ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Mazkur anjuman professor E.G‘.G‘oziyev tavalludining 79 yilligiga bag‘ishlandi. Yetakchi olimlar va talabalar ilmiy ma’ruzalar bilan chiqish qildilar. Innovatsion g‘oyalar va zamonaviy tadqiqot yo‘nalishlari muhokama qilindi Yosh olimlar o‘z ilmiy salohiyatini namoyish etdilar.Ushbu konferensiya ilm-fan rivojiga muhim hissa qo‘shdi va yosh tadqiqotchilar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochdi!