Toshkent tibbiyot akademiyasi Pedagogika, psixologiya va tillar kafedrasi erkin tadqiqotchisi Shahnoza Esonovna Abrayevaning “Fransuz tili leksik sistemasida lotin va yunon sinonimik morfemalarning lisoniy xususiyatlari (tibbiy morfemalar materialida)” mavzusidagi 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishi bo‘yicha kafedralararo muhokamasiga taklif etamiz. Muhokama bo‘lib o‘tadigan muddat 15.03.2024-yil 14:00 da Tibbiyot kolleji binosi 2-qavat 220-xonada.