ASSALOMU ALAYKUM HURMATLI TALABALAR!!!📣📣📣
«PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA» kafedrasi sizlarni 2021 yil 16 aprel kuni 🏥 tibbiyot oliygohlari talabalari o’rtasida bo’lib o’tadigan xalqaro fan olimpiadasi kafedra bosqichining saralash turiga taklif etadi.
❇️ Xalqaro fan olimpiadada «PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA» kafedrasida o’qitiladigan PSIXOLOGIK fanlardan yaxshi baholarga o’qiydigan barcha ta’lim yo’nalishlari talabalari qatnashishlari mumkin. 🤓
Saralash turi 2 bosqichdan iborat bo’lib, offlayn shaklda ТТА 2-o’quv binosi 4-qavat 24-(xona) ma’ruzalar zalida o’tkaziladi:
👉 1-bosqich: bitta to’g’ri javobli testlar (25). Vaqti: soat 17.00 -17.30
1-bosqichda 70 ball va undan yuqori ballni to’plagan talabalar 2 bosqichga o’tishi mumkin.
👉 2-bosqich: Blits so’rovnoma asosida o’tkaziladi (5). Vaqti: soat 17.35-18.30
2 ta bosqichdan eng yuqori ballni to’plagan talabalar (1 ta o’zbek guruhidan va 1 ta rus guruhidan) olimpiadaning xalqaro bosqichida qatnashish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Barchangizga omad tilaymiz!