Oliy ta’lim muassasasiga kirish yosh inson hayotidagi muhim bosqichlardan biridir. Biroq talabaning yangi akademik muhitga moslashuvi, ayniqsa boshqa mamlakatdagi oliygohda tahsil olayotgan talabalar uchun jiddiy qiyinchiliklarni yuzaga keltirishi mumkin. Chunki bunda nafaqat universitetning akademik muhitiga, balki mezbon mamlakatning ijtimoiy-madaniy muhiti va mahalliy jamiyatiga ham moslashish talab etiladi. Xorijiy talabalar duch keladigan qiyinchiliklar qatoriga akademik muammolar, turar joy masalalari, iqtisodiy qiyinchiliklar, ijtimoiy qabul qilinish, vatanni sog‘inish, yolg‘izlik va sog‘liq bilan bog‘liq muammolar kiradi. Bularning barchasi ularning psixologik farovonligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Mazkur qiyinchiliklar ko‘pincha “madaniy shok” deb ataluvchi psixologik zo‘riqish holatini keltirib chiqaradi. O‘tkazgan so‘rovnomalarimiz natijalari ham universitetimizning ikkinchi bosqichida tahsil olayotgan hindistonlik talabalar orasida aynan madaniy shok holati kuzatilayotganini ko‘rsatdi. Xorijiy talabalar ijtimoiy-psixologik moslashuvdagi asosiy tashqi omillar sifatida til to‘sig‘i va ta’lim tizimidagi yuqori o‘quv yuklamasini qayd etdilar.
4-mart kuni Pedagogika va psixologiya kafedrasi qoshida professor Kamilova Nadira G‘ayratovna rahbarligida xorijiy talabalar ijtimoiy-psixologik moslashuvini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Xalqaro Tibbiy-Psixologik Klub”i faoliyatiga start berildi. Kafedra o‘qituvchilari Islambekova Zuhra Imamaliyevna va Xo‘jaxonova Maftuna Toxir qizi, hamda 2-davolash fakulteti 2-bosqich volontyor talabalari ishtirokida tashkil etilgan mazkur klub doirasida talabalar ikki xalqning madaniyati, urf-odatlari, milliy taomlari, tarixi va geografik xususiyatlari, ijtimoiy-huquqiy me’yorlari hamda mental xususiyatlari bilan yaqindan tanishmoqdalar.
Akademik yuklamaga qaramay, ingliz tilini mukammal biladigan volontyor talabalar – Bahodirova E’zoza, Uktamova Charos, Ropijonova Farzona va Shuxratova Sevinch tashabbus ko‘rsatib, klub faoliyatini tashkil etishda faol ishtirok etmoqdalar. Moslashuv jarayonida professor N.G. Kamilova tomonidan olib borilayotgan kommunikatsiya va shaxslararo munosabatlar bo‘yicha psixologik treninglar, shuningdek, o‘qituvchi M.T. Xo‘jaxonova tomonidan o‘tkazilayotgan ijtimoiy va emotsional intellektni rivojlantirish mashg‘ulotlari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Kafedraning katta o‘qituvchisi Z.I. Islambekova esa klub a’zolariga imo-ishora tilini o‘rgatmoqda, bu esa eshitishida nuqsoni bo‘lgan bemorlar bilan ishlashda bo‘lajak shifokorlar uchun muhim ko‘nikma hisoblanadi.

Klubning uchinchi yig‘ilishi 4-aprel kuni o‘tkazilib, “Teng – tengga” tamoyili asosida madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishga bag‘ishlangan ijtimoiy-psixologik trening shaklida tashkil etildi. Uchrashuv davomida xorijiy va mahalliy talabalar interaktiv muloqotga faol jalb etilib, Hindiston va O‘zbekiston madaniyati, an’analari hamda ijtimoiy me’yorlari bo‘yicha o‘zaro bilim almashdilar, kommunikativ ko‘nikmalar va o‘zaro tushunishni rivojlantirishga qaratilgan mashqlarda ishtirok etdilar. Madaniy almashinuv elementlari, milliy an’analar taqdimotlari hamda talabalar psixologik farovonligiga oid blok alohida qiziqish uyg‘otdi. Bunday yondashuv madaniyatlararo to‘siqlarni kamaytirish, ishonchli munosabatlarni mustahkamlash va xorijiy talabalarning yangi ijtimoiy-ta’limiy muhitga muvaffaqiyatli moslashuviga xizmat qildi.

Hindistonlik talabalar davlat tilini o‘rganishga katta qiziqish bildirmoqdalar. Til kompetensiyalarini shakllantirish xorijiy talabalarning O‘zbekiston jamiyatiga integratsiyasini yengillashtiradi va tezlashtiradi, madaniy shok oqibatlarini kamaytiradi hamda ularning akademik muvaffaqiyatini oshirishga xizmat qiladi.
Madaniyatlararo hamkorlikni kengaytirish va ishtirokchilar sonini oshirish maqsadida klubning Instagram (@medpsych_inter.club) ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi ochildi. Ushbu platformada klub faoliyati yoritib boriladi, uchrashuvlar anonslari, trening materiallari, madaniy-ma’rifiy tashabbuslar hamda xorijiy talabalar uchun foydali ma’lumotlar e’lon qilinadi.
Xorijiy talabalarni klub faoliyatiga qo‘shilishga, tadbirlarda ishtirok etishga va o‘z tashabbuslarini ilgari surishga taklif etamiz. Ayniqsa, chet tillarini biladigan, volontyorlik, ma’rifiy va madaniyatlararo faoliyatga qiziqadigan faol va tashabbuskor talabalarni hamkorlikka hamda klubning samarali faoliyatida ishtirok etishga chorlaymiz.

Xorijiy talabalar duch keladigan qiyinchiliklar qatoriga akademik muammolar, turar joy masalalari, iqtisodiy qiyinchiliklar, ijtimoiy qabul qilinish, vatanni sog‘inish, yolg‘izlik va sog‘liq bilan bog‘liq muammolar kiradi. Bularning barchasi ularning psixologik farovonligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Mazkur qiyinchiliklar ko‘pincha “madaniy shok” deb ataluvchi psixologik zo‘riqish holatini keltirib chiqaradi. O‘tkazgan so‘rovnomalarimiz natijalari ham universitetimizning ikkinchi bosqichida tahsil olayotgan hindistonlik talabalar orasida aynan madaniy shok holati kuzatilayotganini ko‘rsatdi. Xorijiy talabalar ijtimoiy-psixologik moslashuvdagi asosiy tashqi omillar sifatida til to‘sig‘i va ta’lim tizimidagi yuqori o‘quv yuklamasini qayd etdilar.
4-mart kuni Pedagogika va psixologiya kafedrasi qoshida professor Kamilova Nadira G‘ayratovna rahbarligida xorijiy talabalar ijtimoiy-psixologik moslashuvini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Xalqaro Tibbiy-Psixologik Klub”i faoliyatiga start berildi. Kafedra o‘qituvchilari Islambekova Zuhra Imamaliyevna va Xo‘jaxonova Maftuna Toxir qizi, hamda 2-davolash fakulteti 2-bosqich volontyor talabalari ishtirokida tashkil etilgan mazkur klub doirasida talabalar ikki xalqning madaniyati, urf-odatlari, milliy taomlari, tarixi va geografik xususiyatlari, ijtimoiy-huquqiy me’yorlari hamda mental xususiyatlari bilan yaqindan tanishmoqdalar.

Klubning ikkinchi yig‘ilishi 27-mart kuni Navro‘z va Ramazon hayiti bayramlaridan so‘ng tashkil etildi. Unda ishtirokchilarga O‘zbekistonda bayramlarni nishonlash tarixi va an’analari haqida taqdimot qilinib, sharqona shirinliklar bilan choy suhbati tashkil etildi. Muloqot jarayonida xorijiy talabalarda og‘zaki nutq ko‘nikmalarini shakllantirishga harakat qilinmoqda. Biroq o‘zbek tilini to‘laqonli o‘zlashtirish uchun tajribali mutaxassislar ishtirokida markazlashgan yondashuv zarurligi ayon bo‘lmoqda.
Klubning uchinchi yig‘ilishi 4-aprel kuni o‘tkazilib, “Teng – tengga” tamoyili asosida madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishga bag‘ishlangan ijtimoiy-psixologik trening shaklida tashkil etildi. Uchrashuv davomida xorijiy va mahalliy talabalar interaktiv muloqotga faol jalb etilib, Hindiston va O‘zbekiston madaniyati, an’analari hamda ijtimoiy me’yorlari bo‘yicha o‘zaro bilim almashdilar, kommunikativ ko‘nikmalar va o‘zaro tushunishni rivojlantirishga qaratilgan mashqlarda ishtirok etdilar. Madaniy almashinuv elementlari, milliy an’analar taqdimotlari hamda talabalar psixologik farovonligiga oid blok alohida qiziqish uyg‘otdi. Bunday yondashuv madaniyatlararo to‘siqlarni kamaytirish, ishonchli munosabatlarni mustahkamlash va xorijiy talabalarning yangi ijtimoiy-ta’limiy muhitga muvaffaqiyatli moslashuviga xizmat qildi.
Mazkur faoliyatning mantiqiy davomi sifatida 11-aprel kuni klubning to‘rtinchi yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu gal trening mavzulari inklyuziv va kasbiy yo‘naltirilgan komponentlar bilan boyitildi. Ishtirokchilar noverbal kommunikatsiya asoslari va imo-ishora tilining elementlari bilan tanishib, eshitishida nuqsoni bo‘lgan shaxslar bilan muloqot qilish xususiyatlari haqida tasavvurga ega bo‘ldilar. Bu esa bo‘lajak shifokorlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Empatiya, kommunikativ kompetensiya va madaniyatlararo hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan interaktiv mashg‘ulotlar, an’anaviy madaniy almashinuv va norasmiy muloqot bilan uyg‘unlashib, klub faoliyati xalqaro talabalar uchun ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, kasbiy o‘sish va ijtimoiy-psixologik moslashuv maydoni sifatida samarali ekanini yana bir bor tasdiqladi.
Hindistonlik talabalar davlat tilini o‘rganishga katta qiziqish bildirmoqdalar. Til kompetensiyalarini shakllantirish xorijiy talabalarning O‘zbekiston jamiyatiga integratsiyasini yengillashtiradi va tezlashtiradi, madaniy shok oqibatlarini kamaytiradi hamda ularning akademik muvaffaqiyatini oshirishga xizmat qiladi. Madaniyatlararo hamkorlikni kengaytirish va ishtirokchilar sonini oshirish maqsadida klubning Instagram (@medpsych_inter.club) ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi ochildi. Ushbu platformada klub faoliyati yoritib boriladi, uchrashuvlar anonslari, trening materiallari, madaniy-ma’rifiy tashabbuslar hamda xorijiy talabalar uchun foydali ma’lumotlar e’lon qilinadi.
Xorijiy talabalarni klub faoliyatiga qo‘shilishga, tadbirlarda ishtirok etishga va o‘z tashabbuslarini ilgari surishga taklif etamiz. Ayniqsa, chet tillarini biladigan, volontyorlik, ma’rifiy va madaniyatlararo faoliyatga qiziqadigan faol va tashabbuskor talabalarni hamkorlikka hamda klubning samarali faoliyatida ishtirok etishga chorlaymiz.
“Teng – tengga” – bu nafaqat klub faoliyatining tamoyili, balki do‘stlik, qo‘llab-quvvatlash, o‘zaro o‘rganish va kasbiy rivojlanish makoni hamdir.


