“Salomatlik va sog’lom turmush tarzining tibbiy-psixologik muammolari”

 


Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Salomatlik va sogʻlom turmush tarzining tibbiy-psixologik muammolari”  mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumani TDTU ga qarashli anjuman majlislar zalida 20-fevral kuni soat 10:00da bo’lib o’tdi. Toshkent davlat tibbiyot universitetida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori F.L.Azizova ilmiy-amaliy anjumanni  ochib berdi.O‘z nutqida u bugungi kunda aholi salomatligini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda tibbiy va psixologik yondashuvlarni integratsiya qilish dolzarb ilmiy yo‘nalishlardan biri ekanligini ta’kidladi.

Anjuman davomida respublika va xorijiy oliy ta’lim muassasalari, ilmiy markazlar hamda amaliyotchi mutaxassislar tomonidan salomatlikni saqlash, psixologik farovonlikni ta’minlash, profilaktik yondashuvlar hamda zamonaviy tibbiy-psixologik tadqiqotlar yuzasidan ilmiy ma’ruzalar taqdim etildi. Tadbir yuqori tashkiliy saviyada o‘tkazilib, ishtirokchilar o‘rtasida ilmiy tajriba almashish, innovatsion g‘oyalarni muhokama qilish va kelgusidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish uchun muhim maydon vazifasini o‘tadi. Bundan tashqari konferensiya davomida psixologiya fani sohasiga o‘zining ulkan hissalarini qo‘shgan ustozimiz professor Ergash G‘oziyev hayot yo‘llari va ilmiy manbalari bilan keng ko‘lamda tanishib chiqish imkonyatlari ishtirokchilarga taqdim etildi va hamma ilm shaydolarini mamnun etdi.

Mazkur xalqaro anjuman tibbiyot va psixologiya sohalari integratsiyasini mustahkamlash, sog‘lom jamiyatni shakllantirish hamda ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Anjuman 2026-yil 20-fevral kuni soat 10.00 da universitet zalida olib borildi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan